Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Mourinyo yana «Real»da? Fabrisio Romano muzokaralar ehtimoli haqida gapirdi

Mourinyo yana «Real»da? Fabrisio Romano muzokaralar ehtimoli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubidagi bo‘sh qolishi kutilayotgan lavozimga nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mavsum yakunlangach, «qaymoqranglilar» Alvaro Arbeloa o‘rniga yangi murabbiy qidirishadi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, «maxsus» (The Special One) «qirollik klubi»ga qaytishdan mamnun bo‘lgan bo‘lardi, biroq hozirgi vaqtda u bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

Joze Mourinyo 2010 yildan 2013 yilgacha Madrid grandi boshqaruvida faoliyat yuritgan. Mutaxassis o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon «Benfika»da ishlab kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.

Kiritildi: 11:22, 17.04.2026.
O'qildi: 1120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик