Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peresning Vinisius bo‘yicha rejalari ma’lum

Florentino Peresning Vinisius bo‘yicha rejalari ma’lum

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bir yildan sal ko‘proq vaqt qolgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda uning ketishi haqidagi mish-mishlar ancha tindi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres yulduz hujumchining jamoada qolishini juda istamoqda. Futbolchi allaqachon taklif olgan, ayni damda muzokaralar davom etmoqda. Iyul oyida Vinisius 26 yoshga to‘ladi.

Joriy mavsumda hujumchi «Real» safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:36, 17.04.2026.
O'qildi: 5070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик