Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanada Falastin futbol assosiasiyasi rahbariyatiga viza bermadi

Kanada Falastin futbol assosiasiyasi rahbariyatiga viza bermadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

The Guardian nashrining xabar berishicha, Falastin futbol assosiasiyasi vakillariga FIFA kongressida ishtirok etish uchun Kanadaga kirishga ruxsat berilmagan.

Assosiasiya prezidenti Jibril Rajub bilan birgalikda jami uch nafar mulozim Kanadaga kirish vizasini ololmagan. Shundan so‘ng Falastin tomoni FIFAga murojaat qilib, immigrasiya idoralari bilan muzokaralarda aralashish va yordam berishni so‘ragan.

FIFAning yillik kongressi 30 aprel kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadi. Manbaga ko‘ra, Falastin vakillari ushbu tadbirdan Isroil futbol klublarining G‘arbiy sohildagi (Falastin assosiasiyasi tomonidan bosib olingan deb hisoblanuvchi hududlarda) rasmiy o‘yinlardagi ishtiroki masalasini ko‘tarish uchun ham foydalanmoqchi bo‘lishgan.

Kiritildi: 16:29, 17.04.2026.
O'qildi: 1623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик