Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Kroos: «Hozirgi uslubi bilan «Barselona» hech qachon Chempionlar ligasini yuta olmaydi»

Kroos: «Hozirgi uslubi bilan «Barselona» hech qachon Chempionlar ligasini yuta olmaydi»

Baho:
+ | -1

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos hozirgi o‘yin uslubi bilan «Barselona» Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmasligini ma’lum qildi.

Kataloniyaliklar turnirning 1/4 finalida «Atletiko»ga umumiy 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi.

«Menimcha, «Barselona» kuchliroq edi, lekin sen shuncha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynasang, bu juda qiyin. «Atletiko» natijani himoya qilishni biladi. Birinchi o‘yindan keyingi ustunlik va raqib tarkibidagi chetlatishni hisobga olsak, ularda yarim finalga chiqish uchun katta imkoniyat bor edi.

Sen mana shunday uslubda himoyalansang va orqa fonda shunchalik ko‘p bo‘sh joy qoldirsang, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishning oldini olish uchun chetlatishlar kabi holatlar yuz berishi tabiiy.

«Barselona» himoyasi juda zaif. O‘tgan yili bu «Inter» bilan o‘yinda, bu yil esa «Atletiko» bilan bahsda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Avval aytganimdek, agar ular o‘yin uslubini o‘zgartirmasalar, Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmaydilar», — dedi Kroos Luppen TV YouTube-kanalida.

Kiritildi: 16:31, 17.04.2026.
O'qildi: 2968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик