Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

AQSH yevropalik siyosatchilarni antisemitizm sabab JCH-2026 ga kiritmasligi mumkin

AQSH yevropalik siyosatchilarni antisemitizm sabab JCH-2026 ga kiritmasligi mumkin

Baho:
+ | -

AQSH hukumati 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati arafasida yevropalik amaldorlarga nisbatan kutilmagan cheklovlarni e’lon qildi. Donald Tramp ma’muriyati yahudiylarga nisbatan adovat (antisemitizm) ruhida siyosat yuritayotgan yoki shunday bayonotlar berayotgan vazir va yetakchilarni mamlakatga kiritmaslik bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Euractiv nashri xabar bermoqda.

AQSHning maxsus vakili Yexuda Kaplunning ta’kidlashicha, Vashington yahudiylarga qarshi nafrat uyg‘otuvchi amaldorlarga “qizil kartochka” ko‘rsatadi. Bu esa ular JCH—2026 o‘yinlariga kela olmasligini anglatadi.

Kaplunning fikricha, hozirda Yevropada yahudiylarga nisbatan adovat darajasi 1933-yildagi holatga tenglashgan. Oxirgi haftalarda Belgiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyadagi ibodatxonalarga hujumlar uyushtirilgani xavotirlarni yanada oshirgan.

Xususan, Belgiya hukumati yahudiy arboblariga nisbatan sud ishini boshlagani uchun AQSH tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Shuningdek, Kaplun Bryusseldagi uchrashuvda germaniyalik diplomatlar bilan ham tortishib qolgan. U Yevropani jinoyatchilik va nafratga nisbatan “yumshoqlikda” ayblagan bo‘lsa, yevropaliklar bu iddaolarga e’tiroz bildirgan.

Ma’lumot uchun, tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan mazkur Jahon chempionati uchta davlat — AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:35, 17.04.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик