Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Dani Karvaxal o‘rniga «Arsenal» himoyachisini nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda

«Real» Dani Karvaxal o‘rniga «Arsenal» himoyachisini nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Hammasi shunga qarab ketmoqdaki, shu yozda himoyachi Dani Karvaxal «Real»ni tark etadi va erkin agent maqomini oladi. Madrid klubi esa allaqachon himoyaning o‘ng qanoti uchun kimni sotib olish haqida bosh qotirmoqda.

Mashhur jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Real» «Arsenal» a’zosi Yurryen Timberning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu bilan birga, London klubi Timber bo‘yicha faqat yirik takliflarni — taxminan 85-100 million yevro atrofidagi summani ko‘rib chiqishga tayyorligi qayd etilgan.

24 yoshli Yurryen Timber 2023 yilning yozidan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shandan beri niderlandiyalik futbolchi 94 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:03, 17.04.2026.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик