Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Sergey Arslonov: “SHuni va’da beramizki, yuqori natijalarga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz”

Sergey Arslonov: “SHuni va’da beramizki, yuqori natijalarga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz”

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Andijon” klubida murabbiylar shtabi o‘zgardi. Endilikda vaqtinchalik bosh murabbiy Islom Ahmedovga katta murabbiy sifatida Sergey Arslonov yaqindan yordam bera boshladi.

Kuni kecha klub matbuot xizmati Sergey Sergeevichdan dastlabki intervyuni oldi.

— Sergey Sergeevich, “Andijon”da ish boshlashingiz siz uchun yangi chaqiruvdir va sizni tabriklaymiz. Bu taklif siz uchun kutilmaganda bo‘ldimi?

— Birinchi navbatda tabrik uchun rahmat. To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, bu men uchun katta taklif. Jamoadagi o‘yinchilar ancha shakllangan va kuchli saviyadagi futbolchilar jamlangan. “Andijon” o‘ziga xos jamoa va katta tarixga ega bo‘lgan klublardan biri deb hisoblayman. Albatta, jamoa an’analariga ega bo‘lgan ajoyib jamoa. Bu yerda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga bu yerdagi muxlislarni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Albatta, hozirgi vaziyatda turnir jadvalidan kelib chiqib, barchamizdan mas’uliyat bilan ish yuritishni talab qiladi. Oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Jamoa va muxlislar ishonchini qozonishimiz uchun har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak. Bizdan nimaiki talab qilinayotgan bo‘lsa, buning uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz va oldinga intilamiz.

— O‘tgan yili klub bazasi foydalanishga topshirildi. Infratuzilma tubdan yaxshilandi. Xo‘sh, klub qarorgohi sizga yoqdimi?

— To‘g‘risini aytaman, birinchi marta bu yerdaman. Oldin eshitgandim. O‘zim yaratilgan sharoitlarni ko‘rdim va hissiyotlarim boshqacha, taassurotlarim ulkan. Bilasizmi, bu yerda eng asosiysi, futbolchilar uchun hamma shart-sharoitlar muhayyo qilingan. O‘yinchilarni tiklanishi, o‘yinga tayyorgarlik jarayonlari uchun bu yerda barcha narsa bor. Maydon chimi, bazadagi hamma jihozlar, imkoniyatlarni albatta ta’kidlab o‘tishim kerak. Futbolchilarni o‘sishi va ularni yanada kuchli o‘yinchi bo‘lib yetishishlari uchun bazada hamma sharoitlar yaratib qo‘yilgan.

— Futbolchilarni hozirgi holati va jamoani imkoniyatlari qanday?

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, klubda tajribali o‘yinchilar yig‘ilgan. Oldingi murabbiylar shtabi seleksiya ishlarini olib borishdi. Barcha yig‘ilgan o‘yinchilar o‘ziga yarasha mahoratli. Imkoniyatlarimiz haqida to‘xtalsam, hozircha bunga erta. Shuni va’da beramizki, yuqori natijalarga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz. Bu nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylar shtabi ham bu borada maksimal harakat qilamiz. Muxlislarimizni xursand qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:20, 18.04.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик