Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

“Manchester Siti”ning trebl davridagi oltin medallari kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)

“Manchester Siti”ning trebl davridagi oltin medallari kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” klubining ismi sir tutilishini istagan vakili jamoaning oltin davri — 2022/2023 yilgi mavsumda qo‘lga kiritilgan noyob medallar kolleksiyasini sotuvga qo‘ydi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, beshta turnirning oltin medallaridan iborat to‘plam 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan xayriya auksioni doirasida kimoshdi savdosi orqali sotiladi.

Sport yodgorliklariga ixtisoslashgan auksion uyi ushbu medallarning haqiqiyligini va ular rasmiy jamlanma ekanini tasdiqladi. Biroq ularni sotishga qaror qilgan shaxs o‘z ismini sir saqlashni afzal ko‘rgan.

Ma’lum qilinishicha, savdolarning boshlang‘ich narxi 30 000 funt sterling etib belgilangan. Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, medallar jamlanmasining yakuniy narxi 50 000 dan 80 000 funt sterlinggacha (taxminan 62 000 – 100 000 dollar) yetishi mumkin.

“Bu jamlanma kolleksionerlar, muxlislar va investorlar uchun “Manchester Siti”ning tarixiy mavsumiga daxldor medallarga egalik qilish uchun noyob imkoniyatdir. Biz ushbu savdoga mezbonlik qilishdan faxrlanamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda “Manchester Siti” o‘z tarixidagi eng yirik muvaffaqiyat — treblni rasmiylashtirgan edi. Jamoa bir mavsumda Angliya Premyer-ligasi, Angliya Kubogi va UYEFA Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Pep Gvardiola shogirdlari 2022/2023 yilgi mavsumda APLda “Arsenal”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni tantana qilishgan. Shundan so‘ng, Angliya Kubogi finalida azaliy raqib — “Manchester Yunayted” (2:1) mag‘lub etilgan. “Shaharliklar” Istanbuldagi Chempionlar Ligasi finalida Rodrining goli evaziga “Inter” (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, klub tarixidagi ilk YECHL sovriniga ega chiqqan edi. Keyinchalik jamoa UYEFA Superkubogida “Sevilya”ni, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida esa “Fluminense”ni mag‘lub etib, bir yillik sovrinlar sonini beshtaga yetkazgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:35, 18.04.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик