Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Lempard uddaladi: «Koventri Siti» chorak asrlik tanaffusdan keyin yana APLda!

Lempard uddaladi: «Koventri Siti» chorak asrlik tanaffusdan keyin yana APLda!

Baho:
+2 | -

«Biz qaytdik» — hozirda «Koventri» klubining barcha resurslarida mana shunday xabarni ko‘rish mumkin. «Blekbern» bilan durang o‘ynagan (1:1) jamoa Premyer-liga yo‘llanmasini naqd qildi. Matematik jihatdan «Koventri» endi Chempionship turnir jadvalida ikkinchi o‘rindan pastga tushib ketmaydi.

«Koventri» bosh murabbiyi — «Chelsi»ning yuragi va sobiq dispetcheri Frenk Lemparddir. U o‘tgan yili ham jamoani Premyer-ligaga olib chiqishga harakat qilgan edi. O‘shanda «osmon-ranglilar» pley-offda ishtirok etishgan, biroq yarim finalda «Sanderlend»ga imkoniyatni boy berishgandi.

Shunday qilib, «Koventri Siti» 25 yillik tanaffusdan so‘ng Premyer-ligaga qaytmoqda — jamoa oxirgi marta 2000/2001 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra elitani tark etgan edi.

Kiritildi: 08:41, 18.04.2026.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик