Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Manba: Reshford «Barselona»dan «Manchester Yunayted»ga qaytishga tayyor

Manba: Reshford «Barselona»dan «Manchester Yunayted»ga qaytishga tayyor

Baho:
+ | -

Hozirda ijara asosida «Barselona»da to‘p surayotgan vinger Markus Reshford «Manchester Yunayted»da yangi imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. Avvalroq «qizil iblislar» o‘z tarbiyalanuvchisini kelayotgan yozda sotib yuborishi taxmin qilingan edi, biroq endi vaziyat o‘zgarmoqda.

MatchDay Central nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi o‘z qadrdon klubiga qaytishga tayyor — u mankunianliklarning yangi loyihasining bir qismi bo‘lishga qarshi emas. Markus Reshfordning «Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi «Barselona» safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:07, 18.04.2026.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик