Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tchuameni «Real» Madriddagi «tirik qolish» qoidalari haqida gapirdi

Tchuameni «Real» Madriddagi «tirik qolish» qoidalari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Orelyen Tchuameni Madridning «Real» klubida o‘ynashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi. Fransuz futbolchisi 2022 yilning yozida «Monako»dan 80 million yevro evaziga «qaymoqranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.

«Bir-ikki yil oldin meni yomon o‘yinchi deb hisoblashardi, stadionda hushtaklar bilan kutib olishardi. Men qiyinchiliklarni boshdan kechirdim, lekin bu meni ruhiy jihatdan ancha kuchaytirgani aniq. Nima qilsam ham, baribir men haqimda gapirishlarini tushunib yetdim, shuning uchun bunga e’tibor bermaslikka harakat qilaman. «Real»da bosim darajasi juda yuqori. Sen yo bu bosim ostida sinasan, yoki hammasini o‘z nazoratingga olib, yaxshi o‘yin bilan javob qaytarasan», — deya Madrid Zone Tchuamenining so‘zlarini keltiradi.

26 yoshli xavbek yaqinda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 11:15, 18.04.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик