Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo ukrainalik iqtidordan norozi

Mourinyo ukrainalik iqtidordan norozi

Baho:
+ | -

23 yoshli yarim himoyachi Georgiy Sudakov yozgi transfer oynasida Lissabonning «Benfika» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Record jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «burgutlar» ustozi Joze Mourinyo ukrainalik yarim himoyachining o‘yinidan qoniqmayapti. Futbolchining o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. Eslatib o‘tamiz, «Benfika» Sudakovni Ukrainaning «Shaxtyor» klubidan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi. Lissabonliklar futbolchini sotib olish huquqiga ega, biroq voqealarning bunday tus olishi ehtimoldan yiroq.

23 yoshli yarim himoyachining transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:26, 18.04.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик