Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Rabyo «Milan»da qolish uchun millionlardan voz kechdi

Rabyo «Milan»da qolish uchun millionlardan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Adriyen Rabyo boshqa bir klubdan o‘ta foydali taklif oldi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan vakili fransuz futbolchisini katta maoshli uch yillik shartnoma bilan o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, xavbek allaqachon rad javobini bergan — u «rossonerilar» safidagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Adriyen Rabyoning «Milan» bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 31 yoshli o‘yinchi Massimiliano Allegri jamoasi safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va shuncha golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:22, 18.04.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик