Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Slot Ekitikening og‘ir jarohatiga munosabat bildirdi

Slot Ekitikening og‘ir jarohatiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Hafta davomida «Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot fransuz futbolchisining holati haqida to‘xtalib o‘tdi.

«U hali jarrohlik amaliyotini o‘tagani yo‘q. Bu u uchun juda og‘ir damlar, chunki u yangi jamoaga kelgan edi va darhol o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlagandi. Albatta, u qanchadan-qancha o‘zgacha lahzalarni o‘tkazib yuborishi haqida o‘ylab qolasan. Biroq u bunday holatni boshdan kechirayotgan birinchi yoki oxirgi futbolchi emas. Ko‘pchilik jarohatdan so‘ng yanada kuchliroq bo‘lib qaytgan. Ishonchim komilki, 10-15 yildan keyin Ekitike hatto ushbu jarohat unga yuqoriroq darajaga chiqishga yordam berganini aytishi ham mumkin», — dedi Slot jurnalistlarga.

Kiritildi: 12:57, 18.04.2026.
O'qildi: 607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик