Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

“Real” YECHLdagi mag‘lubiyatida UEFAning “qo‘li” borligidan shubhalanmoqda

“Real” YECHLdagi mag‘lubiyatida UEFAning “qo‘li” borligidan shubhalanmoqda

Baho:
+ | -1

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat (3:4) va hakamlik qarorlari ortida UEFA turgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Uchrashuvning 86-daqiqasida madridliklar futbolchisi Eduardo Kamavinga zaxiradan maydonga tushganidan 25 daqiqa o‘tib, ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘yindan so‘ng hakamning bu qarorini keskin tanqid qildi:

“Hakam Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatmasligi kerak edi. Nazarimda, referi hattoki futbolchida birinchi kartochka borligini ham bilmaydigandek tuyuldi”, deydi murabbiy.

Klub mutasaddilari hakamlikdagi bunday tushunarsiz qarorlarni UEFAning Superliga loyihasi uchun Madrid klubidan olayotgan o‘ziga xos “qasosi” yoki yashirin bosimi sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, jamoa vakillari uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchi va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o‘rtasidagi bog‘liqlikka (ikkalasi ham Sloveniya fuqarosi) alohida urg‘u bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” uzoq vaqt davomida Superliga g‘oyasidan voz kechmagan va bu yo‘lda UYEFA hamda FIFA bilan sudlashib kelgan edi. 2024 yil may oyida Madrid sudi UEFAning bozordagi ustunligini suiiste’mol qilganini tasdiqlagan. 2025 yil oktyabrida esa “Real” UEFA va La Ligadan 4,5 milliard yevro miqdorida tovon puli talab qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Qizig‘i shundaki, 2025 yil 11 fevralda “qirollik klubi” UEFA bilan kelishuvga erishganini va Superligadan chiqqan so‘nggi jamoa bo‘lganini e’lon qilgan edi. Shunga qaramay, YECHLdagi so‘nggi hakamlik qarorlari klub va tashkilot o‘rtasidagi “yarashuv” hali to‘liq amalga oshmaganidan dalolat bermoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:39, 18.04.2026.
O'qildi: 3243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик