Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Nyukasl Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlar uchun omadsiz yakunlanib, mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisob 32-daqiqada ochildi — Markus Tavernyer mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Uilyam Osula hisobni tenglashtirdi. Uyin taqdiri esa 85-daqiqada hal bo‘ldi: Adriyen Tryuffer g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Nyukasl Yunayted» 42 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi. «Bornmut» esa 48 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onaga ko‘tarildi.
Kelasi turda «Nyukasl» 25 aprel kuni safarda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. «Bornmut» esa 22 aprel kuni o‘z maydonida «Lids Yunayted»ni qabul qiladi.
Angliya — Premyer-liga, 33-tur
18 aprel 2026 yil. Nyukasl-apon-Tayn, «Sent-Jeyms Park»
Nyukasl Yunayted — Bornmut 1:2
Gollar: 0:1 — Markus Tavernyer (32), 1:1 — Uilyam Osula (68), 1:2 — Adriyen Tryuffer (85)
Bosh hakam: Tomas Bramell













