Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isak Ekitikening og‘ir jarohati haqida gapirdi

Isak Ekitikening og‘ir jarohati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak jamoadoshi Ugo Ekitikening jarohati haqida gapirib o‘tdi. Fransuz hujumchisi yaqindagina Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, axill paylarining uzilishi sababli futbolchi yil yakuniga qadar safdan chiqqan.

«Ekitikening jarohati tufayli barchamiz tushkunlikka tushdik. Bu uning o‘zi va jamoamiz uchun juda ayanchli holat. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Isak Premyer-liga doirasidagi «Everton»ga qarshi o‘yin oldidan.

Ugo Ekitike o‘tgan yozda Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. 23 yoshli futbolchi Arne Slot jamoasi safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:22, 18.04.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик