Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real», «Barsa» va APLning uch grandi portugaliyalik himoyachi uchun kurash olib boradi

«Real», «Barsa» va APLning uch grandi portugaliyalik himoyachi uchun kurash olib boradi

Baho:
+1 | -

Lissabonning «Sporting» klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu faoliyatini Yevropaning top-klubida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga da’vogarlar safiga «Chelsi» ham qo‘shildi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchini «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Barselona» va Madridning «Real» klublari ham kuzatib bormoqda.

O‘yinchining shartnomasida 60 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, biroq «Sporting» rahbariyati boshqa shartlarni ham muhokama qilishga tayyor. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Inasiuning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda markaziy himoyachi «sherlar» safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:25, 18.04.2026.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик