Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Real” futbolchisi 2 hafta ichida 6 kg vazn yo‘qotdi

“Real” futbolchisi 2 hafta ichida 6 kg vazn yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar sababli bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi gastroenterit (oshqozon-ichak yallig‘lanishi) oqibatida so‘nggi ikki hafta ichida 6 kilogramm vazn yo‘qotgan.

Dastlab futbolchi virusli infeksiya tufayli kasallangan deb taxmin qilingan edi. Biroq shanba kuni “Real” klubi rasmiy bayonot berib, tibbiy tekshiruvlar natijasida Asensioda bakterial enterokolit aniqlanganini ma’lum qildi. Hozirda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi shifoxonadagi tekshiruvlardan so‘ng uy sharoitida davolanishni davom ettirmoqda.

Kasallik sababli Asensio jamoasiga yordam bera olmayapti. U allaqachon Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi “Bavariya”ga qarshi javob uchrashuvini (3:4) o‘tkazib yubordi. Shuningdek, futbolchi La Liganing 33-turi doirasidagi “Alaves”ga qarshi bahsda ham maydonga tushmaydi. Shifokorlarning taxminiga ko‘ra, u 24 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Betis”ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Raul Asensio joriy mavsumda “qirollik klubi” safida barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:55, 19.04.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик