Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Chelsi» hujumchisining golsiz seriyasi 20 ta o‘yinga yetdi

«Chelsi» hujumchisining golsiz seriyasi 20 ta o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap Premyer-liganing 33-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmay, o‘z golsiz seriyasini davom ettirdi.

23 yoshli futbolchi shanba kungi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va final hushtagigacha o‘ynadi. Hujumchi darvoza tomon ikki bor zarba berdi, biroq «ko‘klar»ning o‘z uyidagi mag‘lubiyatdan (0:1) qutulib qolishiga yordam bera olmadi. Shu tariqa, Delap barcha musobaqalarda ketma-ket 20 ta o‘yindan beri gol ura olmayapti.

Ingliz futbolchisining so‘nggi goli 7 yanvar sanasiga to‘g‘ri keladi — o‘shanda u 21-tur doirasidagi «Fulxem»ga qarshi kechgan va mag‘lubiyat (1:2) bilan yakunlangan bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi. Liam Delap o‘tgan yilning yozida «Ipsvich»dan 35,5 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030/31 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:14, 19.04.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик