Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Oyarsabal faoliyatidagi aql bovar qilmas seriyani davom ettirdi

Oyarsabal faoliyatidagi aql bovar qilmas seriyani davom ettirdi

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal Ispaniya Kubogi finalida Madridning «Atletiko» klubi ustidan qozonilgan g‘alabada jamoasiga katta yordam berdi. 28 yoshli futbolchi birinchi bo‘lim yakunida penaltini aniq amalga oshirib, «matraschilar»ni xafa qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi, o‘n bir metrli zarbalar seriyasida esa basklar jamoasi ustun keldi (4:3).

The Touchline nashrining qayd etishicha, Oyarsabal o‘zi ishtirok etgan barcha oltita final o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu noyob seriya 2020 yilda, aynan Ispaniya Kubogining hal qiluvchi bahsida «Atletik» Bilbao darvozasiga yo‘l topgan vaqtdan boshlangan edi. Keyinchalik Mikelning gollaridan Braziliya olimpiya terma jamoasi (Olimpiada-2020), Fransiya (Millatlar ligasi – 2021), Angliya (Evro-2024) va Portugaliya (Millatlar ligasi – 2025) terma jamoalari jabr ko‘rgan.

Kiritildi: 12:28, 19.04.2026.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик