Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Tchuameni: «Irqchilik takrorlansa, maydonni tark etamiz»

Tchuameni: «Irqchilik takrorlansa, maydonni tark etamiz»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni butun jamoa Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Braziliyalik hujumchi o‘yinlar vaqtida bir necha bor irqchilik asosidagi haqoratlarga duch kelgan va bu katta mojarolarga sabab bo‘lgan edi.

Tchuamenining so‘zlariga ko‘ra, «Real»da bunday holatlarga ortiq toqat qilinmaydi.

«Agar Vinisiusga nisbatan irqchilik haqoratlari yana takrorlansa, barchamiz maydonni tark etamiz. Biz o‘yinni to‘xtatamiz. Bunday holat hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak», — deya fransiyalik futbolchining fikrlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Seshanba kuni, 21 aprel kuni Alvaro Arbeloa shogirdlari La Liga 32-turi doirasida o‘z maydonlarida «Alaves»ni qabul qilishadi.

Kiritildi: 13:21, 19.04.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик