Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyokchyu «Manchester Yunayted» yoki «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Kyokchyu «Manchester Yunayted» yoki «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Istanbulning «Beshiktosh» klubiga tegishli bo‘lgan turkiyalik yarim himoyachi Orkan Kyokchyuga Angliya Premyer-ligasi klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Bu haqda Turkish Football jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublari da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining o‘zi faqat Yevropaning top-klubidan taklif tushsagina hozirgi jamoasini tark etishga tayyor. «Beshiktash» rahbariyati esa Kyokchyuni 60 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Orkan 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:31, 19.04.2026.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик