Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Danso "Brayton" bilan o‘yinda va ijtimoiy tarmoqlarda irqchilik asosida haqorat qilindi

Danso "Brayton" bilan o‘yinda va ijtimoiy tarmoqlarda irqchilik asosida haqorat qilindi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" himoyachisi Kevin Danso APL 33-turi doirasidagi "Brayton"ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng irqchilik haqoratlariga duch keldi.

"Premyer-liganing "Irqchilikka o‘rin yo‘q" shiori ostidagi dam olish kunlari doirasida bo‘lib o‘tgan kechagi "Brayton"ga qarshi o‘yindan beri Kevin Danso ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy va jirkanch irqchilik haqoratlariga duch kelmoqda va bu davom etmoqda.

Biz jirkanch, g‘ayriinsoniy irqchilikni eshitdik va ko‘rdik. Bu shubhasiz jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan xulq-atvordir. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Klub zudlik bilan choralar ko‘rmoqda. Biz aniqlangan barcha kontent haqida poytaxt polisiyasiga va aybdorlar yashaydigan mahalliy organlarga, shuningdek, tegishli ijtimoiy tarmoq platformalariga xabar beryapmiz. Biz aniqlagan har bir shaxsga nisbatan eng qat’iy choralar ko‘rilishiga harakat qilamiz.

"Tottenxem Xotspur"da irqchilikka o‘rin yo‘q. Futbolda irqchilikka o‘rin yo‘q", — deyiladi London klubi bayonotida.

Kiritildi: 15:07, 19.04.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик