Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kloppning kelajagi "Real" bilan bog‘liq emas

Kloppning kelajagi "Real" bilan bog‘liq emas

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubiga tayinlanishi haqida xabarlar tarqalayotgan Red Bull guruhi sport direktori Yurgen Klopp hozirgi lavozimida o‘zini qulay va baxtli his qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassisning kelajagi kamida yana bir mavsum davomida "qaymoqranglilar" bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Kloppning uzoq muddatli maqsadi Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyatidir, biroq bu u uchun hozirgi paytda birinchi darajali vazifa emas.

Nemis mutaxassisining murabbiy sifatidagi oxirgi ish joyi "Liverpul" bo‘lib, u yerda 2015 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritgan. Klopp qo‘l ostida mersisaydliklar Chempionlar ligasida g‘olib chiqishgan va Angliya chempioni bo‘lishgan.

Yanvar oyidan beri Alvaro Arbeloa Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Avvalroq OAVda ispaniyalik mutaxassisning yozda klubni tark etishi haqida xabarlar berilgan edi.

Kiritildi: 15:10, 19.04.2026.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик