Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» yulduzi faqat bir klub uchun jamoasini tark etishga tayyor

«Inter» yulduzi faqat bir klub uchun jamoasini tark etishga tayyor

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni, ehtimol, xorij chempionatiga yo‘l olishdan oldingi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Italiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Barselona» da’vogarlik qilmoqda va ma’lum bo‘lishicha, o‘yinchining o‘zi Kataloniya klubi variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Jurnalist Fernando Poloning ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi «Inter»ni faqat «Barsa» uchun tark etishga tayyor. Markaziy himoyachi Xans-Diter Flik jamoasining ashaddiy ishqibozi hisoblanadi va uning birorta o‘yinini o‘tkazib yubormaydi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, «ko‘k-anorranglilar» Bastoni bilan allaqachon dastlabki kelishuvga erishishgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar Flik rozilik berishi bilan boshlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 08:47, 20.04.2026.
O'qildi: 2969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик