Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Endrik: "Ronaldu sababli "Manchester Yunayted"ga mehrim boshqacha bo‘lgan"

Endrik: "Ronaldu sababli "Manchester Yunayted"ga mehrim boshqacha bo‘lgan"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubidan «Lion»ga ijaraga berilgan hujumchi Endrik o‘zining kumiri Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted"ga bo‘lgan munosabatim alohida edi, chunki Krishtianu ushbu klubda o‘ynagan va ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan. Men uning faoliyatini diqqat bilan kuzatib bordim; uning "MYU", "Real", "Yuventus", keyin esa "An-Nasr"dagi o‘yinlari aks etgan videolarni tomosha qilganman. U qayerga bormasin, men uning o‘yinlarini kuzatishda davom etaman", — deya Endrikning intervyusidan iqtibos keltirmoqda Al Nassr Zone.

Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon Saudiyaning «An-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Fevral oyida portugaliyalik yulduz 41 yoshini qarshi oldi.

Kiritildi: 08:48, 20.04.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик