Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gi Stefan: «Ekitikening jarohati — biz uchun katta zarba»

Gi Stefan: «Ekitikening jarohati — biz uchun katta zarba»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Deshamning yordamchisi Gi Stefan «uch ranglilar» hujumchisi Yugo Ekitikening axill payi uzilgani va shu sababli JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.

«Birinchi navbatda, boshqa yomon xabarlar bo‘lmasligiga umid qilamiz. Afsuski, Yugo jiddiy jarohat oldi. Bu Fransiya terma jamoasi uchun kuchli zarba va katta yo‘qotishdir. U boshqa hech kimda bo‘lmagan o‘ziga xos qobiliyatlarga ega edi.

U yosh o‘yinchi, AQSHdagi [Braziliya va Kolumbiyaga qarshi] uchrashuvlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Yugo asosiy tarkibdan joy olishini kutgandi, ammo bir necha soniya ichida hammasi barbod bo‘ldi. Biz bu vaziyatni yengib o‘tishimiz va unga o‘rinbosar izlashimiz kerak», — dedi Stefan Ouest-France nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:24, 20.04.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик