Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Liverpul” ikkinchi darvozabonini ham yo‘qotdi — Mamardashvili maydonni zambilda tark etdi

“Liverpul” ikkinchi darvozabonini ham yo‘qotdi — Mamardashvili maydonni zambilda tark etdi

Baho:
+ | -

“Liverpul”ning gruziyalik darvozaboni Georgiy Mamardashvili Angliya Premyer Ligasining 33-turi doirasidagi “Everton”ga qarshi Mersisayd derbisida jarohat oldi.

Uchrashuvning 54-daqiqasida “Everton” hujumchisi Betu gol urayotgan vaziyatda raqib darvozabonining chap tizzasiga borib urildi. Mamardashvili maydonni mustaqil tark eta olmadi va uni zambilda olib chiqib ketishdi. Uning o‘rnini angliyalik darvozabon Frederik Vudman egalladi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Mamardashvili 2024 yilning yozida “Valensiya”dan “Liverpul”ga o‘tgan edi, biroq 2024/25 yilgi mavsumni ijara asosida Ispaniya klubida o‘tkazgan. Joriy mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda ishtirok etib, shularning 4 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Avvalroq, “Liverpul”ning asosiy darvozaboni Alisson Bekker ham jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

APLning 33-turidan o‘rin olgan ushbu bahsda “Liverpul” mehmonda “Everton” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘olib jamoa tarkibida gollarni Muhammad Saloh (29-daqiqa) va Virjil van Deyk (90+10-daqiqa) kiritdi. Mezbonlarning yagona goliga 54-daqiqada Betu mualliflik qildi. Shuningdek, 27-daqiqada VAR aralashuvidan so‘ng “Everton” forvardi Iliman Ndiayening goli bekor qilindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” 55 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Everton” esa 47 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda, 25 aprel kuni “Liverpul” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi, “Everton” esa shu kuni mehmonda “Vest Hem”ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:44, 20.04.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик