Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Mikel Arteta «Manchester Siti»dan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Mikel Arteta «Manchester Siti»dan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 33-tur doirasida safarda «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

«Bir nechta omillar bor. Omad omili ham muhim — to‘p darvozaga kirish-kirmasligi hal qiladi. Ikkinchi epizodda rikoshet bo‘ldi va to‘p Xolandga tushdi. Shuningdek, individual mahorat ham katta ahamiyatga ega — bunday vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash, aniq va qat’iy harakat qilish kerak. Aynan shunday o‘ynash lozim.

O‘yinning boshida ham, oxirida ham jamoamizning ruhiyatini ko‘rdingiz. Ayrim epizodlarda konsentrasiya yetishmadi, ammo umuman olganda biz o‘yinni rejalashtirganimizdek nazorat qildik va g‘alaba uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik.

Biz g‘alabaga juda yaqin edik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Bugun katta imkoniyatni qo‘ldan boy berganimizni tan olishimiz kerak. Shunga qaramay, oldinda yana beshta o‘yin bor. Biz qayta kuch to‘plab, olg‘a harakat qilishimiz kerak, chunki bu o‘yinda ko‘plab ijobiy jihatlar bo‘ldi. Sifatli o‘yin bo‘laklari ham bor edi, lekin bu yuqori intensivlikdagi kurash edi — buni kutish mumkin edi. Ko‘p jihatdan o‘yin Kubok finalining dastlabki 28 daqiqasiga o‘xshadi: bizda hisobni ochish uchun ikki ajoyib imkoniyat bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Bunday holatlar o‘yin taqdirini o‘zgartiradi.

Biz juda ko‘p o‘yin o‘tkazyapmiz — deyarli doim maydondamiz, bu ham ta’sir qilmoqda. Ammo ijobiy tomoni shundaki, bugun o‘z darajamizni ko‘rsatdik va oldinda yana beshta o‘yin bor. Biz oxirigacha kurashamiz. Buni uddalay olishimizga to‘liq ishonamiz. Jamoamiz nimalarga qodirligini yana bir bor ko‘rsatdik. Hammasi o‘z qo‘limizda — imkoniyat hali ham bor», — dedi Arteta o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Endi yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha «Manchester Siti» «Arsenal»ga tenglashdi. Mavsum yakunigacha yana 5 tur qoldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:06, 20.04.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик