Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» APLda tarixiy rekord o‘rnatdi

«Liverpul» APLda tarixiy rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 33-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Liverpul» safarda «Everton»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Qizillar» APL tarixida turnir doirasida 60 ta turli stadionda g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

90+10-daqiqada Virjil van Deyk g‘alaba golini kiritib, «Liverpul»ga yangi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alabani taqdim etdi. Bu uchrashuv «Xill Dikinson» stadionida o‘tgan Mersisayd derbilarining ilk bahsi sifatida ham qayd etildi. Shuningdek, gollarga Muhammad Saloh va Betu mualliflik qildi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Everton» 33 ta uchrashuvdan keyin 47 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. «Liverpul» esa 55 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:24, 20.04.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик