Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o‘yin qahramoni kim bo‘lganini aytdi

Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o‘yin qahramoni kim bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Arsenal»ga qarshi bahsda Niko O’Raylining ko‘rsatgan o‘yiniga qoyil qoldi. Premyer-liga chempionligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasidagi uchrashuv «shaharliklar»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda «Siti» ustozi chap qanot himoyasida moslanuvchan rolda harakat qilgan O’Raylining o‘yinini alohida e’tirof etdi.

«U aql bovar qilmas darajada o‘ynadi — himoyada ham, hujumda ham, standart vaziyatlarida ham. Qanday futbolchi o‘smoqda! U turli pozisiyalarda birdek yaxshi harakat qiladi. Bugun u hamma narsani a’lo darajada uddaladi, sovuqqonlik saqladi va ikkinchi golning hammuallifiga aylandi. Qanday ajoyib mavsum! Uni yilning eng yaxshi futbolchisi deb atash mumkinmi, bilmadim-u, lekin eng yaxshi yosh futbolchisi ekani aniq! Bu sovrinni unga topshiravering!» — deya maqtadi ispaniyalik mutaxassis 21 yoshli O’Raylini.

Kiritildi: 12:27, 20.04.2026.
O'qildi: 2334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик