Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kimmix Gnabrining holati haqida gapirdi

Kimmix Gnabrining holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Joshua Kimmix hujumchi Serj Gnabrining safdan chiqqani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq 30 yoshli futbolchi son mushaklarini yirtib olgani haqida xabar berilgan edi. Katta ehtimol bilan, futbolchi Jahon chempionati – 2026 musobaqasini o‘tkazib yuboradi.

«Biz Serjni juda sog‘inyapmiz. Ham kiyinish xonasida, ham maydonda. Bu ham futbolchi, ham inson sifatida haqiqatan ham juda katta yo‘qotish. Bu voqea bizga qattiq zarba bo‘ldi, lekin umid qilamanki, biz bu yo‘qotishning o‘rnini qandaydir tarzda to‘ldira olamiz», — deya Kimmixning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Joriy mavsumda Gnabri barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi, 10 ta gol urdi va 11 marta jamoadoshlariga golli uzatma yetkazib berdi.

Kiritildi: 12:36, 20.04.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик