Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiola «Arsenal»ni 22-marta mag‘lub etdi

Gvardiola «Arsenal»ni 22-marta mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Kecha, 19 aprel kuni Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Manchesterdagi «Etihad» stadionida kechgan o‘yinda «shaharliklar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu g‘alaba «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun «Arsenal» ustidan qozonilgan 22-g‘alaba bo‘ldi va bu uning murabbiylik faoliyatidagi (ilgari «Barselona» va «Bavariya»ni boshqargan) eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Manchester Siti» 67 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Arsenal» esa 70 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ta’kidlash joizki, Gvardiola jamoasida hali bitta zaxira o‘yini mavjud.

Kelgusi turda «shaharliklar» 22 aprel kuni safarda «Byornli» bilan kuch sinashadi, «to‘pchilar» esa 25 aprel kuni «Nyukasl Yunayted»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 14:31, 20.04.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик