Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arbeloa: «Men kelajagim haqida qayg‘urmayapman»

Arbeloa: «Men kelajagim haqida qayg‘urmayapman»

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klubdagi kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men kelajagim haqida mutlaqo tashvishlanmayapman. Meni faqat oldinda qolgan yettita o‘yin, ayniqsa, ertangi bahs qiziqtirmoqda. Hozir xayolimdagi yagona narsa shu», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa joriy yilning yanvar oyida Xabi Alonso o‘rnini egallab, «Real» bosh murabbiyiga aylangan edi. La Liganing 31-turidan so‘ng «qaymoqranglilar» 70 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona» bilan farq to‘qqiz ochkoni tashkil etadi.

Avvalroq «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida Myunxenning «Bavariya» klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.

Kiritildi: 14:38, 20.04.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик