Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Soboslai shartnoma bo‘yicha muzokaralarda siljish yo‘qligini ma’lum qildi

Soboslai shartnoma bo‘yicha muzokaralarda siljish yo‘qligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqidagi savolga javob berdi.

«Hech qanday sezilarli siljish kuzatilmayapti, shuning uchun shartnomam bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yangi gap ayta olmayman.

Oldinda hali o‘yinlar ko‘p va men bor e’tiborimni shunga qaratganman. Bilasizmi, amaldagi shartnomam 2028 yilda tugaydi, shu bois har kuni, har hafta bor kuchimni berishga tayyorman, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Albatta, o‘zimni uzoq muddat davomida ushbu klubda ko‘ryapman, lekin bu endi faqat menga bog‘liq emas. Menga bu yer yoqadi. Muxlislarni yaxshi ko‘raman. Oilam ham xursand», – dedi Dominik Soboslai.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda APLning 31 ta o‘yinida 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:52, 20.04.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик