Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» gresiyalik iqtidor uchun kurashadi

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» gresiyalik iqtidor uchun kurashadi

Baho:
+ | -

Top-klublarning yangi nishoni aniq bo‘ldi. «Genk» klubining 18 yoshli yarim himoyachisi Konstantinos Karesas APL grandlari e’tiborini tortdi. Bu haqda SportsBoom nashri xabar bermoqda.

Futbolchi hozirda «qariyb butun Premyer-ligada mashhurlikka erishgan. «Liverpul» Karesasni Muhammad Salohning o‘rnini bosish bo‘yicha keng ko‘lamli rejaning bir qismi sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham gresiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Konstantinos Karesas «Genk» safida 46 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 3 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:10, 20.04.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик