Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: "Real"ga La Ligadan ko‘ra Chempionlar ligasini yutish osonroq"

Arbeloa: "Real"ga La Ligadan ko‘ra Chempionlar ligasini yutish osonroq"

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning Ispaniya chempionati va Yevropa maydonlaridagi ishtiroki borasida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, so‘nggi yillarda jamoaning ichki chempionatdagi natijalari barqaror emas va bu borada isloh qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar mavjud.

— So‘nggi oylar davomida kuchli raqiblarga qarshi muhim bahslarda ancha yaxshi o‘yin namoyish etdik. Biroq nisbatan kuchsiz jamoalar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda oqsash kuzatilmoqda. Oxirgi uch oylik natijalarga nazar tashlasak, o‘yinimizni kuchaytirish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini ko‘rish mumkin, — dedi murabbiy.

Shuningdek, Arbeloa La Ligadagi hakamlik va kutilmagan vaziyatlarga to‘xtalar ekan, kutilmagan bayonot bilan chiqdi:

— «Jirona»ga qarshi bahsda yuzaga kelgan vaziyatlarni inobatga olsak, «Real» uchun La Ligaga qaraganda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish osonroqdek tuyulmoqda. Bu holat ko‘p narsadan dalolat beradi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 aprel kuni La Liga doirasida kechgan «Real» va «Jirona» (1:1) uchrashuvida bahsli vaziyat yuzaga kelgan edi. O‘yinning 88-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydoni ichida yiqitilgan bo‘lsa-da, bosh hakam Xavyer Alberola Roxas mezbonlar foydasiga penalti belgilamagan edi.

Kiritildi: 16:33, 20.04.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик