Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi UEFA Rivojlanish kubogida 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi UEFA Rivojlanish kubogida 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Ayder Kurbayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi" musobaqasi doirasida uchinchi bahsni o‘tkazdi.

O‘smirlarimiz Shimoliy Irlandiya jamoasiga qarshi maydonga chiqib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu musobaqada 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoamiz ilk turda Turkiyaga imkoniyatni boy bergan (0:4) bo‘lsa, ikkinchi turda Shimoliy Makedoniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

UEFA "Rivojlanish kubogi", 3-tur
Shimoliy Irlandiya - O‘zbekiston - 2:3
Gollar: Hasan Urolov, Husan Urolov, Behruz Samatov.
Asosiy tarkib: 1. Almaz Ayupov, 2. Hojiakbar Zulfiqorov, 3. Yahyo Nasrulloyev, 4. Abubakr Mamatov, 5. Azizillo Erkinjonov (S), 6. Fayz Achilov, 7. Emmanuel Emonkpaire, 8. Abdulaziz Bobirov, 9. Hasan Urolov, 10. Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, 11. Doniyor O‘ktamov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Urolov, Xayrullayev, Aminov, Samatov, Akbaraliyev, Shukurov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:34, 20.04.2026.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик