Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Atletiko»ning ikki nafar yetakchi futbolchisi jarohat oldi

«Atletiko»ning ikki nafar yetakchi futbolchisi jarohat oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya Kubogi finali doirasida kechgan «Real Sosyedad»ga qarshi bahsdan so‘ng Madridning «Atletiko» klubi a’zolari Ademola Lukman va Aleksandr Syorlotning sog‘lig‘ida muammolar yuzaga keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, har ikki futbolchi uchrashuvni yomon jismoniy holatda yakunlagan. Klub tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida futbolchilarda jarohat olish xavfi mavjudligi aniqlangan. Shu sababli shifokorlar ularga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etgan.

«Ademola Lukman va Aleksandr Syorlot tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarohat xavfini oldini olish maqsadida yaqin kunlarda ular asosiy guruhdan alohida tarzda, individual reja asosida mashg‘ulot olib borishadi. Futbolchilarning umumiy guruhga qaytish muddati ularning sog‘lig‘i tiklanishiga qarab belgilanadi», — deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogining final bahsi «Atletiko» va «Real Sosyedad» jamoalari o‘rtasida kechib, asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan edi. Penaltilar seriyasida esa 3:4 hisobida «Real Sosyedad» g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 17:17, 20.04.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик