Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Ruud Gullit Italiya futbolidagi inqiroz sabablarini ma’lum qildi

Ruud Gullit Italiya futbolidagi inqiroz sabablarini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Milan» va «Sampdoriya» klublarining sobiq yulduzi, niderlandiyalik afsonaviy futbolchi Ruud Gullit Italiya futbolida kuzatilayotgan muammolar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Gullitning ta’kidlashicha, A Seriyadagi muvaffaqiyatsizliklar ayrim mahalliy ekspertlar ta’kidlaganidek, chempionatda legionerlar sonining ko‘pligi bilan bog‘liq emas.

— Ilgari ham A Seriyada chet ellik futbolchilar ko‘p bo‘lgan, biroq bu Italiya terma jamoasiga eng yuqori maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit bermagan. Menimcha, hozirgi asosiy muammo himoya chizig‘ida. Italiya futboli doimo hujumlarni yaxshi boshlay oladigan va ularga yordam beradigan kuchli himoyachilar bilan ajralib turgan. Hozirda jamoalarda Kyellini yoki Bonuchchi kabi mahoratli himoyachilar yetishmayapti. Shu bilan birga, yuqori darajadagi hujumchilar taqchilligi ham sezilmoqda, — dedi Gullit.

Kiritildi: 17:18, 20.04.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик