Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: “PRO-Ligada ham xuddi Superliga kabi "boksing dey" ketyapti”

Ilhom Mo‘minjonov: “PRO-Ligada ham xuddi Superliga kabi "boksing dey" ketyapti”

Baho:
+ | -

PRO-Liga 4-turi doirasida «Metallurg» – «BuxDU» (3:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan keyin bekbodliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— «Chiroyli g‘alabaga erishdik. Bu bilan jamoamiz a’zolarini va bekobodliklarni tabriklayman. Futbolchilarimizning o‘yini turdan turga ochilib boryapti. Bugun biz murabbiylar xohlagan futbolni namoyish etib, chiroyli g‘alabaga erishdik.

Hozir PRO-Ligada ham xuddi Superliga kabi "boksing dey" ketyapti. Tez-tez maydonga tushyapmiz. Futbolchilarga dam berish maqsadida ikkinchi bo‘limda ayrim futbolchilarni zaxiraga oldik, chunki keyingi bahsni safarda «Paxtakor farm»ga qarshi o‘tkazamiz. U ham muhim o‘yin bo‘ladi.

Tanaffusda yigitlarga to‘pni nazorat qilish kerakligini aytdim. Hisob 2:0 dan keyin xotirjamlikka berilib, hujum chizig‘imizda tezlik yo‘qoldi.

«Sho‘rtan», «Kattaqo‘rg‘on» qatori «Aral» bilan «Mobiuz» oldiga ham aniq vazifa qo‘yilganidan xabardamiz. Biz uchun har bir bahs finaldek o‘tyapti. Ayni damda bor e’tiborimiz «Paxtakor farm»ga qaratilgan.

O‘yindan keyin klubimiz prezidenti kiyim almashtirish xonasiga kirib, g‘alaba bilan tabrikladilar va futbolchilarga motivasiya berdilar. Klub rahbarining bunday qo‘llab-quvvatlashi jamoaga katta ruhiyat beradi. Bundan biz murabbiylar ham, jamoamiz a’zolari ham nihoyatda xursandmiz» — dedi Ilhom Mo‘minjonov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:40, 20.04.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик