Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Rosenyor ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z kelajagi haqida gapirdi

Rosenyor ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -1

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor, jamoani Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarga qaytarish uchun kurashayotgan bir paytda, klub xo‘jayinlari tomonidan hamon to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganiga ishonadi.

«Ko‘klar» ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol ura olmay mag‘lubiyatga uchragach, Premyer-liga jadvalida beshinchi o‘rinda borayotgan «Liverpul»dan yetti ochko ortda qolmoqda.

«Men qo‘llab-quvvatlashni yuz foiz his qilyapman. Kundalik suhbatlarimizda ular meni qo‘llab-quvvatlashmoqda, meni va jamoani qo‘llab-quvvatlash borasida ular ajoyib ish qilishyapti. Hozir futbol o‘yinlarida g‘alaba qozonishimiz kerakligi borasida fikrimiz bir joydan chiqmoqda. Bu bizning uzoq muddatli va barqaror muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi intilishlarimizga zid emas.

Biz o‘z vazifamizni juda murakkablashtirib yubordik. Bu borada ochiq va realist bo‘lishimiz kerak. Ammo taslim bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Kurashishni davom ettirishimiz lozim. «Brayton»ga qarshi o‘yinda «Manchester Yunayted» bilan bahsda ko‘rganim — energiya, shiddat va o‘yinga berilish kabi sifatlarni namoyish etishimiz shart. Biroq o‘shanda biz darvozamiz daxlsizligini saqlay olmadik va vaziyatlardan foydalana olmadik, shu sababli har ikkala jarima maydonchasi ichida yanada qat’iyatli va shafqatsizroq bo‘lishimiz kerak», — deya ingliz mutaxassisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi PA agentligi.

Bugun, 21 aprel kuni «Chelsi» safarda «Brayton» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 11:50, 21.04.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик