Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Bastoni transferi bo‘yicha shaxsiy kelishuvga yaqinlashmoqda

«Barselona» Bastoni transferi bo‘yicha shaxsiy kelishuvga yaqinlashmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli ilgarilashga erishdi. Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma borasida kelishib olishga yaqin turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishga juda ishtiyoqmand. U klubning moliyaviy holatini inobatga olib, maoshining pasaytirilishiga va shartnoma shartlarini «Barselona» imkoniyatlariga moslashtirishga rozilik bergan. Shuningdek, Bastoni transfer jarayonini tezlashtirish uchun «Inter» rahbariyati bilan shaxsan muzokara olib borishga ham tayyor.

Hozirda ushbu transferning amalga oshishi faqat bir omilga bog‘liq bo‘lib turibdi: jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik mazkur kelishuvga yakuniy rozilik berishi kerak.

Kiritildi: 12:37, 21.04.2026.
O'qildi: 1852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик