Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Xavfsizlik kafolatlansa, JCHga boramiz” — Eron sport vaziri

“Xavfsizlik kafolatlansa, JCHga boramiz” — Eron sport vaziri

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasi futbolchilarning xavfsizligi ta’minlangan taqdirdagina futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda mamlakat sport vaziri Ahmad Dunyamoliy ma’lum qildi.

“Agar AQSHda milliy terma jamoa o‘yinchilarining xavfsizligi kafolatlanadigan bo‘lsa, biz Jahon chempionatiga boramiz. Bizning professional vazifamiz — milliy terma jamoani Jahon chempionatiga tayyorlash. Biroq musobaqada qatnashish bo‘yicha yakuniy qaror hukumat hamda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilinadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.

13 mart kuni Dunyamoliy Eron tomoni 2026-yilgi Jahon chempionatidagi milliy terma jamoa o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishni istayotgani va bu borada Mexiko shahri rasmiylari bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan edi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumning ma’lum qilishicha, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCH-2026 guruh bosqichida Eron terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar manzilini o‘zgartirmaslikka qaror qilgan.

So‘nggi haftalarda Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki atrofida turli xabarlar tarqaldi. Dastlab mamlakat sport vaziri jamoa turnirda qatnashmasligini e’lon qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj bu ma’lumotni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron boykot niyatida emas, aksincha, FIFA bilan o‘yinlarni Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib borgan.

Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini AQSH hududida o‘tkazishi belgilangan. Biroq fevral oyi oxirida AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagani hamda Tehronning bunga javob zarbalari vaziyatni keskinlashtirib yubordi.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi “B” guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:16, 21.04.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик