Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Flik «Barsa»da qolmoqchiligini e’lon qildi

Flik «Barsa»da qolmoqchiligini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Selta»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida klubdagi kelajagi borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 61 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini ochiq ma’lum qildi.

«Men shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapman. Bu borada mutlaqo samimiyman. Bu yerda meni eng yaxshi sharoitlar va insonlar qurshab turganini his qilyapman. Karyeram, oilam va hozirgi holatimdan juda baxtliman», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Germaniyalik mutaxassisning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, Flik boshqaruvida «Barselona» allaqachon Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 21:37, 21.04.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик