Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchi Nikolas Jeksonni jamoada olib qolish niyatida. Insayder Rashid Osmanning xabar berishicha, bosh murabbiy Vensan Kompani senegallik futbolchining so‘nggi paytlardagi harakatlari va intizomidan to‘liq mamnun.
Belgiyalik mutaxassis Jeksonni keyingi mavsum rejalariga kiritishga tayyor. Klub rahbariyati ham hujumchining Xarri Keyn dam olayotgan o‘yinlardagi hissasini yuqori baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Jekson 2025 yilning yozida «Chelsi»dan ijaraga olingan edi. Shartnomaga ko‘ra, «Bavariya» uni 65 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega. Yakuniy qaror joriy mavsum tugaganidan so‘ng qabul qilinishi kutilmoqda.













