Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Trafford «Manchester Siti»dan ketmoqchi

Trafford «Manchester Siti»dan ketmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford klubdagi bir mavsumlik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin.

Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli ingliz posboni muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida jamoadan ketishga tayyor. «Shaharliklar» esa uni saqlab qolmoqchi.

Trafford bir qator ingliz klublarining qiziqishlari doirasiga tushgan. Xususan, «Brayton» agar niderlandiyalik Bart Verbryuggenni sotib yuborsa, uning o‘rniga ideal nomzod sifatida aynan Traffordni ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms o‘tgan yozda «Bernli»dan 27 million funt evaziga sotib olingan edi. Uning transferidan so‘ng «Siti» «PSJ»dan Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib oldi va aynan italiyalik posbon jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi.

Trafford barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushdi (APLda bor-yo‘g‘i 3 ta o‘yin), o‘z darvozasidan 10 ta to‘p olib chiqdi va 7 ta o‘yinda «quruq» seriya qayd etdi. Shuningdek, u klub bilan birgalikda Angliya liga kubogi sohibiga aylandi.

Kiritildi: 22:56, 21.04.2026.
O'qildi: 666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик