Italiyalik sobiq futbolchi Massimo Mauro A Seriyadagi vaziyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning fikricha, Milanning «Inter» klubi nafaqat joriy mavsumda, balki keyingi yilda ham asosiy favorit bo‘lib qoladi.
Mauroning ta’kidlashicha, «Milan» va «Yuventus» jamoalari «neradzurri» bilan raqobatlashish uchun tarkibni jiddiy ravishda kuchaytirishlari zarur.
«Milan»ga keyingi mavsum haqida o‘ylash vaqti keldi. Menimcha, ular bu yil Chempionlar ligasi hududiga kira olishadi. Ammo o‘sishga erishish va kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashish uchun jamoa kamida uchta Rabyo yoki Modrich darajasidagi futbolchilarni sotib olishi shart. Aks holda, keyingi chempionat ham «Inter»ning «diktovkasi» ostida o‘tadi», — deya Mauroning so‘zlarini keltirmoqda fcinter1908.it.













