Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvaro Arbeloa «Real»dagi kelajagi haqidagi savollarga javob berdi

Alvaro Arbeloa «Real»dagi kelajagi haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘z kelajagi borasidagi navbatdagi savollarga javob qaytardi. So‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida lavozimini tark etishi kutilmoqda va klub rahbariyati allaqachon yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Shu yilning yanvar oyida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan Arbeloa ayni damda faqat jamoa natijalariga e’tibor qaratganini ta’kidladi.

«Yozda men bilan nima sodir bo‘lishi meni tashvishga solmaydi. Hozir faqat «Real» haqida o‘ylayapman», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni «qaymoqranglilar» La Liga doirasida kechgan uchrashuvda «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Biroq Madrid klubi o‘tgan hafta Chempionlar ligasining chorak finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ga (4:6) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.

Kiritildi: 11:38, 22.04.2026.
O'qildi: 422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик